FoydaAI.exe faylini ikki marta bosing. Windows "PC'ingizni himoya qildi" degan ogohlantirish chiqarsa -- "More info", so'ng "Run anyway" tugmasini bosing.
Xarid qilganingizda sizga berilgan kodni "Litsenziya kaliti" maydoniga kiriting.
Telegram hisobingiz raqamini (+998...) kiriting. Botni birinchi marta ishga tushirganda Telegram'dan kelgan tasdiqlash kodini so'raydi.
Signal keladigan Telegram kanalini "Kanallarni topish" tugmasi orqali ro'yxatdan tanlang (qidiruv orqali osongina topasiz).
Login, Parol va Server -- istalgan brokeringizning MT5 hisobi. Bu ma'lumotlarni brokeringizning shaxsiy kabinetidan yoki MT5 terminalidan olasiz.
Telegram'da @FoydaAI_Notify_botni toping va /start bosing (bir marta kifoya). Shundan keyin bitim ochilganda/ochilmaganda telefoningizga push-bildirishnoma keladi.
MT5 terminalingizni oching va yuqoridagi asboblar panelidan "Algo Trading" tugmasini yashil rangga o'tguncha bosing. Bu tugma o'chiq bo'lsa, bot signalni ko'radi, lekin bitim ochilmaydi.
"AUTO_TRADE" belgisini hozircha o'chiq qoldirib, "Botni ishga tushirish"ni bosing. Jurnalda kelayotgan signallar to'g'ri tushunilayotganini kuzating. Ishonch hosil qilgach, "AUTO_TRADE"ni yoqib, botni qayta ishga tushiring -- shundan keyin haqiqiy bitimlar ochila boshlaydi.
Bot signalni qanchalik to'liq va aniq tushunganini o'lchaydigan chegara. Agar signal shu chegaradan past ishonch bilan tushunilsa, bot bitim ochmaydi -- signalni xavfsizlik uchun rad etadi.
| Nima topildi | Ball |
|---|---|
| BUY/SELL aniqlandi | +0.4 |
| Entry (kirish) narxi topildi | +0.3 |
| SL (Stop Loss) topildi | +0.2 |
| TP (Take Profit) topildi | +0.1 |
Tavsiya etilgan standart qiymat -- 0.7. Juda past qo'ysangiz (masalan 0.3), noaniq/xato signallarga ham bitim ochilishi xavfi oshadi.
Signalda ko'rsatilgan TP darajasidan biroz oldinroq bitimni yopib qo'yish funksiyasi. Maqsad: narx aniq TP darajasiga yetib bormasdan orqaga qaytib ketishining oldini olish.
BUY bitimida: haqiqiy TP = signal TP − offset.
SELL bitimida: haqiqiy TP = signal TP + offset.
0 qoldirsangiz, bu funksiya o'chirilgan bo'ladi -- bitim aynan signalda ko'rsatilgan TP'da yopiladi.
Har bir bitim uchun lot hajmini qo'lda emas, avtomatik hisoblash funksiyasi.
0 qoldirilsa -- bot har doim "Lot hajmi (standart)" maydonidagi qattiq belgilangan lotdan foydalanadi, signalning SL masofasi qanchalik yaqin yoki uzoq bo'lishidan qat'iy nazar.
0 dan katta qiymat kiritilsa -- bot "agar bu bitim SL'ga tegib yopilsa, balansimning aynan shuncha foizini yo'qotaman" tamoyili bilan lot hajmini o'zi hisoblaydi: hisob balansi × risk % ni SL masofasiga bo'lib, mos lot hajmini topadi.
Xavfsizlik: agar hisob ma'lumoti topilmasa, signalda SL bo'lmasa yoki hisoblashda xato yuz bersa, bot avtomatik "Lot hajmi (standart)" qiymatiga qaytadi -- bitim lotsiz qolib ketmaydi.
Narx Entry (kirish) narxidan shu maydonda ko'rsatilgan miqdorda foydaga siljisa, bot avtomatik ravishda Stop Loss'ni Entry narxiga ko'chiradi. Shundan keyin bitim eng yomon holatda ham zararga emas, 0$ (bezubitok) bilan yopiladi.
Bu usul TP darajalaridan mustaqil ishlaydi -- signalda nechta TP bo'lishidan qat'iy nazar, oddiy narx siljishiga qarab ishga tushadi. Har 5 soniyada tekshiriladi. 0 qoldirsangiz, bu usul o'chirilgan bo'ladi. (Ikkinchi, TP1'ga asoslangan bezubitok usuli haqida pastdagi belgilar bo'limiga qarang -- ikkalasini birga yoqish ham mumkin.)
Yoqilgan holda -- bot signal kelganda MT5 hisobingizda haqiqiy pul bilan bitim ochadi.
O'chirilgan holda -- bot faqat signallarni tahlil qilib jurnalga yozadi, hech qanday bitim ochmaydi (sinov rejimi).
"Signalga nechta bitim" maydonida bir nechtasi ko'rsatilgan bo'lsa (masalan 3 ta), bu belgi yoqilgan holda: 1-bitim TP1'ga, 2-bitim TP2'ga, 3-bitim TP3'ga qo'yiladi (agar signalda shuncha TP bo'lsa).
O'chirilgan holda -- barcha bitimlar bitta (birinchi) TP'ga qo'yiladi.
Agar signalda Entry oraliq ko'rsatilgan bo'lsa (masalan "4077-4079") va bir nechta bitim ochilayotgan bo'lsa, bu belgi yoqilgan holda har bir bitim shu oraliqning turli nuqtalarida ochiladi.
Bu -- bezubitokka o'tkazishning ikkinchi usuli ("Bezubitok masofasi"dan mustaqil, ikkalasini birga yoqish mumkin). Faqat "Signalga nechta bitim" 1 dan katta bo'lganda ma'noga ega.
Bitta signaldan bir nechta bitim ochilgan bo'lsa (masalan TP1/TP2/TP3'ga), ulardan eng yaqini (TP1) urilib bitta bitim foyda bilan yopilsa -- bot shu signalning qolgan ochiq bitimlarining SL'ini avtomatik Entry narxiga ko'chiradi.
Muhim: bitim Stop Loss'ga tegib yopilsa (zarar bilan), bu bezubitok ishga tushirmaydi -- faqat haqiqiy TP'ga yetib yopilgandagina ishlaydi.
Yoqilgan holda -- bitim ochilganda/ochilmaganda @FoydaAI_Notify_bot orqali telefoningizga push-bildirishnoma keladi, shuningdek Telegram "Saqlangan xabarlar"ingizga ham yoziladi.
/start bosgan bo'lishingiz kerak (6-qadamga qarang) -- aks holda push kelmaydi.Yoqilgan holda -- Windows qayta yuklanganda yoki kompyuter ochilganda bot avtomatik ishga tushadi, dasturni qo'lda ochish shart bo'lmaydi (Windows Startup papkasiga qo'shiladi).
Bot uzluksiz, doimiy ishlashi kerak bo'lsa (masalan kompyuter tez-tez qayta yuklansa), buni yoqib qo'yish tavsiya etiladi.
Telegram'da @FoydaAI_Notify_botni oching va /menu deb yozing -- bosiladigan tugmalar chiqadi:
Bu tugmalar doimiy -- ekranning pastida har doim turadi, savdo bildirishnomalari orasida yo'qolib qolmaydi:
| Tugma | Nima qiladi |
|---|---|
| ๐ Holat | Bot holati, Algo Trading, Auto Trade, bildirishnoma holati, bugungi statistika |
| ๐ง Algo Trading'ni yoqish | MT5'dagi tugmani masofadan yoqadi |
| ๐ Barcha bitimlarni yopish | Ochiq pozitsiyalarni darhol yopadi |
| โธ Auto Trade pauza/davom | Botni to'xtatmasdan, faqat yangi order ochishni vaqtincha to'xtatadi/davom ettiradi |
| ๐ Bildirishnoma yoqish/o'chirish | Savdo xabarlarini vaqtincha yoqadi/o'chiradi |
| ๐งช Sinov signal | Signal matnini tekshirish yo'lini ko'rsatadi (pastga qarang) |
| ๐ Yordam | Qo'llab-quvvatlash havolasini yuboradi |
| โน Botni to'xtatish | Botni to'liq to'xtatadi |
Tugma bosilgandan so'ng dastur buyruqni bir necha soniyada bajaradi va natijani shu yerga yozadi.
Botga to'g'ridan-to'g'ri shu ko'rinishda yozing:
/sinov XAUUSD sell 2350 sl 2360 tp 2340Dastur signal matnini tahlil qilib, natijasini (Action, Symbol, Entry, SL, TP, ishonch darajasi) shu yerga yozadi -- hech qanday haqiqiy bitim ochilmaydi, faqat tekshiradi.
Tugmalar o'rniga botga to'g'ridan-to'g'ri /algo, /holat, /yopish, /auto, /bildirishnoma, /sinov <matn> yoki /stop deb yozsangiz ham bo'ladi. Xuddi shu buyruqlar (sinov'dan tashqari) o'zingizning "Saqlangan xabarlar"ingizda ham ishlaydi.
Kanalda "otmen", "bekor" yoki "cancel" so'zi kelsa, bot o'sha kanaldan ochilgan bitimlarni yopadi va kutilayotgan (Limit/Stop) buyruqlarni bekor qiladi.
Kanalda "50% yoping", "yarmini yoping" yoki "hammasini yoping" kabi xabar kelsa, bot pozitsiyalarning shu qismini yopadi. Qolgan qismi o'z SL/TP'si bilan yurishda davom etadi.